O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish joylarida yaqin kunlarda alkogol mahsulotlarini naqd pul orqali sotish imkoniyati qayta tiklanadi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov ma’lum qildi.
«Bu bizning aybimiz. Bu bo‘yicha ishlayapmiz, yaqin kunlarda yechim beramiz. Masala bo‘yicha kerakli tashkilotlarga murojaat qilganmiz. Oshxona va mehmonxonalarda alkogolli mahsulotlarga alohida, oziq-ovqatlarga alohida pul to‘lashmoqda. Bu muammoni hal qilib beramiz», – dedi Soliq qo‘mitasi raisi.
Mamlakatda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ayrim xizmat turlari, xususan, alkogol mahsulotlari savdosini faqat naqdsiz to‘lovlar orqali amalga oshirish tartibi o‘rnatilgan edi. Hozirda mazkur tartibga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan...