Angliya Premyer-ligasida ishtirok etuvchi «Vulverxempton» jamoasi musobaqani rasman tark etdi. Klub mavsum tugashiga 5 ta o‘yin qolganida xavfsiz hududdan 16 ochko ortda qolmoqda.
«Lids Yunayted»ga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan «Vulverxempton» hisobida, bor-yo‘g‘i, 17 ochko mavjud. Mavsum yakuniga qadar yana 5 ta o‘yin qolgan bo‘lib, jamoa qolgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan taqdirda ham eng ko‘pi bilan 15 ochko to‘plashi va umumiy ochkolari sonini maksimal 32 taga yetkazishi mumkin, xolos.
Shu bilan birga, ligada qolish imkonini beruvchi xavfsiz zonada, ya’ni 17-o‘rinda borayotgan «Vest Xem Yunayted» hisobida hozirning o‘zida 33 ochko bor va ular qolgan uchrashuvlarda umuman ochko ololmagan...