Samarqand viloyatida sanoat salohiyatini kengaytirish doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani hududida 100 gektarlik mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
«Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorda viloyatda mashinasozlik klasterini rivojlantirish hamda sanoat tarkibida ushbu yo‘nalish ulushini oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2030-yilga qadar Samarqand viloyati sanoatida mashinasozlik tarmog‘ining ulushini 15 foiz, sanoatda qo‘shilgan qiymat ulushini esa 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, tashkil etiladigan mashinasozlik sanoat zonasida yiliga 10 ming dona tijorat transport vositalari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Ular qatoriga yuk avtomobillari, avtobus, mikroavtobus, pikap va maxsus...