Bugun, 18-mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgartirmay, 14 foiz darajasida saqlab qolish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Soʻnggi oylarda ayrim oziq-ovqatlar narxlari oshishi hisobiga umumiy inflyatsiya darajasining pasayuvchi trendi sekinlashib, oʻzgarishsiz saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, yuqori iste’mol faolligi saqlanib qolayotgani va tashqi sharoitlarda narxlarga oshiruvchi xatarlar kutilayotgani inflyatsiyani oʻrta muddatli target darajasigacha pasaytirish maqsadida qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni taqozo etmoqda», – deyiladi xabarda.
2026-yil boshidan O‘zbekistonda inflyatsiya biroz tezlashdi. Fevral oyida bazaviy inflyatsiya 6,3 foizga yetdi, umumiy inflyatsiya esa 7,3% darajada qoldi.
Narxlar o‘sishiga, asosan...