Toshkent shahrida savdo va servis obyektlari yonidagi xususiy avtoturargohlarni shahar boshqaruvining yagona raqamli tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlandi. Bu tashabbus Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi shahar markazida tartibsiz to‘xtash holatlarini kamaytirish, piyodalar harakati uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda transport oqimini tartibga solishdan iborat. Unga ko‘ra, hozir ayrim gavjum hududlarda avtomobillar piyodalar yo‘laklari va kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yayotgani muammo bo‘lib qolmoqda.
Yangi tizim orqali barcha avtoturargohlar yagona platformaga ulanadi va ularning bandligi real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Bu esa bo‘sh joylarni aniqlashni osonlashtiradi, haydovchilarning ortiqcha aylanishini kamaytiradi hamda...