Rally Muynak 2026: qanday avtomobillar qatnashadi

20-may 2026 17:51 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Rally Muynak 2026: qanday avtomobillar qatnashadi
Foto: Turizm qo‘mitasi

2026-yil 22–24-may kunlari Mo‘ynoq tumanida «Rally Muynak» xalqaro avtopoygasi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Musobaqa Ustyurt platosi va Orol dengizining qurigan tubida bo‘lib o‘tadi. Bu hudud ekstremal avtopoygalar uchun noodatiy tabiiy maydon hisoblanadi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Poygada maxsus jihozlangan sport avtomobillari, baggilar va mototsikllar qatnashadi. Ularda faqat professional sportchilar ishtirok etadi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Bellashuvlar bir nechta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Jumladan, dvigatel hajmi 1600 va 2000 kub santimetrgacha bo‘lgan avtomobillar, baggilar hamda turli klassdagi mototsikllar bahs olib boradi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobar oshirilishi xabar qilingandi. Bunda yirik loyihalar qatoriga Taxiatosh tumanida modulli intellektual hisoblash markazi, Nukus shahrida avtomobil sanoati uchun texnologik klaster, bazalt tolasi ishlab chiqarish, chiqindilarni kuydirish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish, Qorao‘zak tumanida ko‘mirdan oltin ajratish fabrikasi, Taxtako‘pirda paxta tozalash va yigirish fabrikasi, Chimboyda ip-kalava ishlab chiqarish kiradi.

Shuningdek