2026-yilgi Chevrolet Blazer’ning tortish quvvati ma’lum bo‘ldi

25-may 2026 11:07 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: GMAUthority

Chevrolet Blazer krossoveri yangilangan talqinda taqdim etildi, deya xabar berdi GMAuthority nashri. General Motors avval ushbu benzinli model ishlab chiqarilishi 2025-yildan keyin to‘xtatilishini rejalashtirgan edi, biroq kompaniya qarorini o‘zgartirdi va modelni yangi avlodda saqlab qoldi.

Yangilangan Blazer’da komplektatsiyalar soni qisqartirildi. Premier versiyasi endi taklif qilinmaydi. Shunga qaramay, avtomobil tortish imkoniyatlarini saqlab qolgan.

2026-yilgi Chevrolet Blazer maksimal 4,5 ming funt (qariyb 2 tonna) yuk tirkamasini torta oladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 3,6 litrli V6 dvigatel bilan jihozlangan RS versiyasiga tegishli. Ushbu modifikatsiya old va to‘liq yuritma variantlarida bir xil natija ko‘rsatadi.

Modelning bazaviy versiyalarida 2 litrli turbomotor qo‘llanilgan. Old yuritmaga ega 2LT va 3LT komplektatsiyalari standart holatda 1,5 ming funtgacha yuk torta oladi. Agar Trailering Package paketi o‘rnatilsa, ko‘rsatkich 3 250 funtgacha oshadi. To‘liq yuritmaga ega versiyalar esa standart tarzda shunday imkoniyatga ega.

Chevrolet Blazer’ning 3,6 litrli V6 motori 308 ot kuchi va 270 lb-ft aylantiruvchi moment ishlab chiqaradi. Asosiy 2 litrli turbomotor esa 228 ot kuchiga ega.

Model GM’ning C1 platformasida qurilgan bo‘lib, ishlab chiqarish General Motors’ning Meksikadagi Ramos Arispe zavodida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker Koreyada qanday narxda sotilishi haqida yozgandi.

Shuningdek