Joriy yilning 8 – 10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, 8 – 9-dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa 8 – 10-dekabr davomida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9 – 10-dekabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol kuchayadi. Ba’zi joylarda tezlik 15–18 m/s, ayrim hududlarda esa 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.
10-dekabrga kelib markaziy hududlarda kechalari 2–5 daraja sovuq, kunduzi 3–6 daraja iliq bo‘ladi. Shimolda esa kechalari 7–10 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Qamchiq...