Shuhratbek Qurbonov O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish bozorini raqamlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Simple Smart Systems davlat korxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda u o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kompaniya davlat tizimiga kirsa-da, startap tamoyillari asosida ishlaydi. Loyiha moliya bozorini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lib, Humo to‘lov tizimi ishga tushirilgani kabi yangi infratuzilma yaratishni maqsad qilgan.
«Biz, asosan, ikkita narsaga urg‘u beryapmiz:
— Biznes uchun Kredit marketpleysi – tadbirkorlar bitta joyga kirib, u yerdagi banklar orasidan o‘ziga eng ma’qul shartlardagi kreditni tanlab oladigan tizim.
— Banklar uchun AI/ML skoring – sun’iy intellekt yordamida tadbirkorlarning kredit...