Eron ommaviy axborot vositalari AQSh Tehronga muzokaralarni qayta boshlash uchun beshta asosiy shart qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.
Fars agentligi xabariga ko‘ra, Vashington talablaridan biri Eronning barcha yadroviy obyektlaridagi faoliyatni to‘xtatishdir. Faqat bitta obyekt bundan mustasno bo‘lishi mumkin. Shuningdek, AQSh Eronga hech qanday kompensatsiya to‘lamaslikni talab qilmoqda. Yana bir shart 400 kg boyitilgan uranni AQShga topshirish bilan bog‘liq.
Vashington muzokaralar doirasida Eronning muzlatilgan aktivlarini ochish masalasini ham rad etgan. Bundan tashqari, AQSh muzokaralarni barcha frontlarda urushni to‘xtatish sharti bilan bog‘lamoqda.
Eron esa avvalroq muzokaralar uchun o‘z shartlarini e’lon qilgan edi. Tehron barcha frontlarda, jumladan, Livanda urushni...