Statistikaga ko‘ra, metrodan eng ko‘p foydalaniladigan kunlar payshanba va juma kunlari bo‘lib qolmoqda. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 8-may kuni metro xizmatidan 986,9 ming nafar yo‘lovchi foydalangan. 2026-yil 7-may kuni esa bu ko‘rsatkich 1,1 mlnga yetib, 12 foiz o‘sdi.
Shuningdek, 2025-yil 15-may kuni metrodan 953,2 ming nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2026-yil 14-may kuni bu raqam 1 mln nafarga yetdi. Bu 9,6 foizlik o‘sishni anglatadi.
Bundan tashqari, 2026-yil 8-may kuni Toshkent metropoliteni bir kun davomida 1,1 mln nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, rekord natija qayd etdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 80,5 foizga yuqori ko‘rsatkich...