Pedagog xodimlarning davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan farzandlari uchun shartnoma summasiga 30 foiz chegirma joriy etishi rejalashtirilmoqda. Qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Yangi tartibga ko‘ra, chegirma barcha pedagog xodimlarning farzandlariga staji va toifasidan qat’i nazar beriladi. Asosiy talab ota-onadan biri ta’lim muassasasida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritishi kerak.
Chegirma faqat davlat OTMining kunduzgi ta’lim shaklida va bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan amal qiladi. Kechki, sirtqi, masofaviy ta’lim, magistratura va qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotganlar, shuningdek, xorijiy fuqarolar, xususiy OTM talabalari ushbu imtiyozdan foydalana olmaydi. Super-kontrakt to‘lovlariga ham chegirma tatbiq etilmaydi.
Imtiyoz har bir o‘quv yili...