AQShning Eron portlariga yo‘naltirilgan kemalarga nisbatan joriy etgan blokadasi birinchi kunidayoq Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakatiga katta ta’sir ko‘rsatmadi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.
Kema kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, kamida sakkizta kema, jumladan, uchta Eron bilan bog‘liq tanker bo‘g‘ozdan o‘tgan. AQSh prezidenti Donald Tramp blokadani AQSh va Eron o‘rtasidagi Islomoboddagi muzokaralar natijasiz yakunlangach e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng yuk tashuvchilar, neft kompaniyalari va sug‘urta bozori uchun noaniqlik yanada kuchaydi.
Shunga qaramay, ekspertlar bo‘g‘ozdagi umumiy harakat urushdan oldingi darajadan ancha pastligini ta’kidladi. Oldin kuniga 130 dan ortiq kemalar o‘tar edi, hozir esa bu ko‘rsatkich ancha kamaygan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra...