General Motors Hindiston bozoriga qaytishini e’lon qildi. Ammo bu safar kompaniya avtomobil sotishni rejalashtirmayapti, deb yozmoqda Tarantas News nashri.
GM tez rivojlanayotgan xizmat va ehtiyot qismlar segmentiga yo‘naltiriladi va global ACDelco brendini qayta ishga tushiradi.
ACDelco mahsulotlari Assurance International Limited kompaniyasi bilan litsenziya shartnomasi asosida ishlab chiqariladi va tarqatiladi. Dastlab motor yog‘lari va batareyalar ishlab chiqarilib, kelgusi uch yil ichida yangi batareya ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan.
Bu strategiya GM’ga Hindistondagi 300 milliondan ortiq avtomobil egalari bozorida avtomobil ishlab chiqarish yoki sotishsiz ishtirok etish imkonini beradi. Shu bilan birga, arzon va tejamkor avtomobillarga ega bo‘lganlar uchun xizmat ko‘rsatish va...