O‘zbekistonda qoramollar soni 16,5 mlnga, qo‘y va echkilar 30 mlnga, parrandalar esa 141 mlnga yetkaziladi. Bu haqda prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 25 yilda dunyo mamlakatlarining 42 foizida qoramollar soni 12 foizga qisqargan. O‘zbekistonda esa 16 mln gektar yaylov mavjud bo‘lib, hozirda uning atigi 10 foizidan foydalanilmoqda. Sohani rivojlantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatdan bittadan tuman chorvachilikka ixtisoslashtiriladi.
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etilib, agentlik oldiga go‘sht va sutni qayta ishlashni 50 foizga, nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Ixtisoslashgan tumanlarda paxta va g‘alla yerlarining 50 foiziga ozuqabop ekinlar...