Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi, yangi Chevrolet Sonic taqdim etildi — 12-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Denovdagi kurash musobaqasida mashhur kurashchi o‘ldirildi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘tkazilgan kurash musobaqasi fojia bilan yakunlandi. Musobaqa vaqtida yigit ukasining mag‘lubiyati alamida raqibining otasiga qasddan pichoq sanchib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.
2026-yil 9-may kuni soat 14:30 larda Yangiariq mahallasidagi «Abu Ali Ibn Sino» nomidagi tibbiyot texnikumi o‘yingohida sportning milliy kurash turi bo‘yicha ommaviy tadbir o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Doston Jabborov ukasi raqibidan mag‘lubiyatga uchraganidan g‘azablanib, mudhish jinoyatga qo‘l urgan.