12-may kuni O‘zbekistonning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.
Mamlakat bo‘ylab havo harorati kunduzi 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol tezligi o‘rtacha 7-12 m/s ni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy qismi hamda cho‘l hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli mavjud.
Toshkent shahrida yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda shamol tezligi sekundiga 3-8 metrni tashkil etib, havo harorati 25-27 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ob-havo birmuncha salqin bo‘lib, harorat 12-17 darajani tashkil etadi. Bu...