Janubiy Koreyada fuqarolarga bepul mobil internetdan foydalanish imkoniyatini beruvchi dastur amaliyotga tatbiq etildi. Loyiha doirasida abonentlar o‘z ma’lumotlar limiti tugagandan so‘ng ham tarmoqdan uzilmaydi.
Dasturni amalga oshirishga mamlakatdagi eng yirik aloqa operatorlari – SK Telecom, KT va LG Uplus rozi bo‘lgan. Bosh vazir o‘rinbosari Be Kyun-xunning ta’kidlashicha, ushbu qaror fuqarolarning onlayn xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, aloqa kompaniyalarining so‘nggi xavfsizlik mojarolaridan so‘ng yo‘qotilgan ishonchini qaytarishiga qaratilgan.
Avvalroq SK Telecom va LG Uplus tarmog‘ida yirik ma’lumotlar sizib chiqishi, shuningdek, KT tizimida mijozlarga zararli dasturlar tarqalishi kabi xavfsizlik nuqsonlari kuzatilgan edi.
«Biz o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik haqidagi...