Telegram messinjeri o‘zining navbatdagi yangilanishini e’lon qildi. Ushbu yangilanishda ilova ichida bir qator AI bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar taqdim etiladi. Bu haqda messenjer rasmiy sayti xabar berdi.
Yangi qo‘shilgan imkoniyatlardan biri shundaki, Telegram botlari sifatida yaratilgan AI yordamchilari va avtomatlashtirilgan vositalarni endi har qanday shaxsiy yoki guruh chatida @ belgisi orqali zikr qilish mumkin bo‘ladi, hatto ular a’zo bo‘lmasalar ham.
Bu botlar so‘rovni qayta ishlagach, bevosita o‘sha chatda javob beradi. Ular faqat o‘zlari belgilangan xabarga va unga yozilgan javoblarga kira oladi, boshqa xabarlarni o‘qiy olmaydi.
Botlar endi nafaqat foydalanuvchilarga, balki boshqa botlarga ham javob berish imkoniyatiga ega. Bu avtonom...