Kreml saytida 9-may G‘alaba kuni bayramida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa Markaziy Osiyo rahbarlari nomlari keltirib o‘tilmagan.
Ro‘yxatda quyidagi davlat yetakchilari nomlari mavjud:
Abxaziya Respublikasi prezidenti Badra Gunba turmush o‘rtog‘i bilan; Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko; Laos Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Thonglun Sisulit; Malayziya oliy hukmdori sulton Ibrohim; Slovakiya Respublikasi hukumati raisi Robert Fitso; Janubiy Osetiya Respublikasi prezidenti Alan Gagloyev; Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina) prezidenti Sinisha Karan; Serb Respublikasi Xalq skupshinasi raisi Nenad Stevandich turmush o‘rtog‘i bilan; Serb Respublikasidagi Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi partiyasi...