Rossiyaning yirik aloqa operatorlari Moskva aholisi va mehmonlarini 9-may arafasida mobil internetda vaqtinchalik cheklovlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Kommersant» nashriga ko‘ra, «Bilayn», «MegaFon» va T2 operatorlari yuborgan xabarlarda bu choralar xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liqligi aytilgan.
Operatorlarga ko‘ra, yaqin kunlarda nafaqat mobil internet, balki SMS yuborishda ham uzilishlar kuzatilishi mumkin. Foydalanuvchilarga Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish va ovozli qo‘ng‘iroqlar uchun VoLTE xizmatini yoqish tavsiya etilgan.
T2 kompaniyasi cheklovlar operator tarmog‘idagi texnik nosozlik bilan bog‘liq emasligini alohida ta’kidladi.
Shunga o‘xshash ogohlantirishlar 4-may kuni ham yuborilgan edi. 5-may tongida Moskvada mobil internet vaqtincha o‘chirilgan, kunning ikkinchi yarmida esa aloqa tiklangan. Rossiya Raqamli rivojlanish...