Toshkent «Brodveyi» — Sayilgoh ko‘chasi va unga tutash hududlarni kompleks yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha doirasida Sayilgoh ko‘chasi, xiyobonlar, yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari va boshqa infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinadi.
Toshkent hokimligi ma’lum qilishicha, loyihada piyodalar yo‘laklari va qoplamalari yangilanadi, yoritish tizimi modernizatsiya qilinadi, favvoralar ta’mirlanadi hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, yangi o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va boshqa kichik infratuzilma elementlari o‘rnatiladi. Videokuzatuv tizimlari ham joriy qilinadi.
Hududdagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanadi, reklama va peshlavhalar yagona dizayn talablari asosida tartibga solinadi.
Mutaxassislar mavjud daraxtlarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, kamida ming tup yangi daraxt...