Uzbekistan Airports kompaniyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi yirik avtoturargohlarni ijaraga berish huquqi auksionga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Savdolar E-auksion platformasi orqali amalga oshiriladi. Loyihaga ko‘ra, umumiy maydoni 40 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan, 1,5 mingga yaqin avtomobillarni sig‘dira oladigan P1, P3, P4, P5, P7 va P8 avtoturargohlar 3 yil muddatga ijaraga berilishi rejalashtirilgan.
Rejalarda hududni raqamlashtirish, bo‘sh joylarni ko‘rsatib turuvchi elektron tizimlar, avtomatik to‘lov imkoniyatlari hamda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, operatorga turargohlarni tunu kun boshqarish, qo‘riqlash va rivojlantirish majburiyati yuklanadi.
Asosiy talablar orasida to‘liq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, raqamni aniqlash...