Volkswagen va SAIC qo‘shma korxonasi Volkswagen ID. Era 9X SUV uchun EA211-ERV 1,5 litrli range extender dvigatelini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Mazkur model shu oyda oldindan buyurtmaga chiqarilishi kutilmoqda.
EA211 dvigatellari oilasi ilk bor 2011-yilda taqdim etilgan edi. 2017-yilda esa plagin gibridlar uchun yangilangan versiya paydo bo‘ldi. 2026-yil mart oyida SAIC-Volkswagen EREV, ya’ni kengaytirilgan yurish zaxirasiga ega elektr modellarga mo‘ljallangan maxsus modifikatsiyani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Yangi dvigatel EA211-ERV deb nomlanadi. Kompaniya uni «Golden Range Extender» deb atamoqda. Bu 1,5 litrli, o‘zgaruvchan geometriyali turbokompressorli agregat hisoblanadi. U Miller sikli asosida ishlaydi va...