«TePe Sigeman – 2026» shaxmat turnirining 3-turida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen bilan durang qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.
Nodirbek Abdusattorovning ta’kidlashicha, partiya yuqori sifatli va mustahkam o‘tgan. Debyutda Karlsen o‘zining kutilmagan Qc2 yurishi bilan raqibini hayron qoldirgan.
«Balki tomoshabop bo‘lmagandir, ochig‘ini aytsam, o‘yin biroz sokin va zerikarli kechdi, biroq elita darajasidagi shaxmat kurashi mana shunday bo‘ladi», – dedi o‘zbekistonlik grossmeyster.
Turnirning diqqatga sazovor jihatlaridan biri norvegiyalik shaxmatchining o‘yinga qariyb 10 daqiqa kechikib kelgani bo‘ldi. Abdusattorov bu holatni xotirjam qabul qildi va Karlsenning unga qarshi o‘yinlarda...