O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umarali Rahmonaliyev to‘p suradigan Bokuning «Sabah» klubi muddatdan oldin Ozarbayjon chempioniga aylandi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
Ozarbayjon chempionatining qoldirilgan 21-turida «Neftchi» klubi jadvalda ikkinchi o‘rinda borayotgan «Qorabog‘»ni qabul qilib, 2:1 hisobida ustun keldi. Natijada 59 ochko bilan qolgan «Qorabog‘» turnir jadvalida 72 ochko bilan birinchi o‘rinda ketayotgan «Sabah»ga yetib olish imkoniyatini boy berdi. Bokuliklar chempionat tugashiga 4 tur qolganda g‘alabani tantana qildi.
Umarali Rahmonaliyev «Sabah» tarkibida joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 2 golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchi O‘zbekistonning turli yosh toifalari, jumladan, U-19, U-20, U-23 va Olimpiya...