Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida Umra ziyoratini tashkil etish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar O.K. va boshqalar fuqaro V.X.ning ishonchiga kirib, $4,9 ming evaziga «Umra – 2026» tadbiri uchun Saudiya Arabistoniga borish bo‘yicha viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ular to‘rt nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida $2,5 ming olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ham shunga o‘xshash holat fosh etildi. Tezkor tadbirda xususiy aviakassa chipta sotuvchisi U.Q. fuqaro L.Ch.ning ishonchiga kirib...