Toyota AQShda 550 mingdan ortiq krossoverni qaytarib olishga majbur bo‘ldi. Sabab — ayrim avtomobillarda o‘rindiq suyanchig‘i mexanizmi to‘g‘ri qulflanmasligi mumkin. Bu haqda Motor1 nashri xabar berdi.
National Highway Traffic Safety Administration (NHTSA) ma’lumotiga ko‘ra, muammo 2021 – 2024-yillarda ishlab chiqarilgan quyidagi modellarga taalluqli:
Toyota Highlander Toyota Highlander HybridJami 550 007 ta avtomobil ushbu qaytarib olish kampaniyasiga kiritilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘rindiq suyanchig‘i sozlangandan so‘ng to‘liq qulflanmasligi mumkin. Bu esa yo‘l-transport hodisasi paytida jarohatlanish xavfini oshiradi yoki hatto avariya yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Muammoni bartaraf etish uchun avtomobil egalari o‘z mashinalarini rasmiy dilerlik markazlariga olib borishlari kerak. Servis...