Kia yangilangan Kia Sportage 2026 modelini Xitoyda 5-mart kuni rasman taqdim etadi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi. Model allaqachon dilerlik salonlarida namoyish qilinmoqda.
Krossover old qismida yirik radiator panjarasi paydo bo‘lgan. U faralar bilan yagona dizayn elementiga birlashtirilgan. Old bamper yanada keng va massiv ko‘rinishga ega.
Orqa qismda chiroqlar qora dekorativ chiziq bilan ulanadi. Avtomobil uzunligi 4695 mm, eni 1865 mm, g‘ildirak bazasi 2755 mmni tashkil etadi.
Salon to‘liq yangilangan bo‘lib, old panelda bitta egri shakldagi blok ostida ikki ekran joylashgan. U raqamli panel va multimedia tizimini o‘z ichiga oladi.
Ikki rangli, ikki spitsali yangi rul o‘rnatilgan. Markaziy...