Rossiya Ichki ishlar vazirligi ayrim xorijiy fuqarolarni rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirish talabidan ozod qilishni taklif etdi. Hozircha tashabbus qonun loyihasi bosqichida.
Imtiyoz kimlarga tegishli bo‘lishi mumkin
Taklif Rossiyadagi ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hududlari rezidenti maqomiga ega ish beruvchilarda ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolarga taalluqli.
Bunday maxsus hududlar Rossiyaning Uzoq Sharq va Arktika mintaqalarida ham mavjud.
Agar loyiha qabul qilinsa, ushbu hududlarda ishlaydigan ayrim xorijliklardan rus tili, Rossiya tarixi va mamlakat qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon topshirish talab qilinmasligi mumkin.
Hozircha umumiy tartib o‘zgarmagan
O‘zbekiston Migratsiya agentligi hozircha imtihon topshirish talabi barcha xorijiy...