Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan «FIRST Global Challenge» xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Jami 14 kishi medal bilan mukofotlandi.
Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi Inchxonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyoning 190 ga yaqin mamlakatlaridan kelgan yoshlar orasida rekord natija qayd etib, jahon chempioni bo‘lgan.
Jamoa vakillari zamonaviy muhandislik, robototexnika va texnologiyalar sohasidagi bilim va mahorati uchun davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Bosh murabbiy «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi
Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ziyodulla Bo‘taxonov «Sodiq xizmatlari uchun» medali...