Honor Win 2 uchun oldindan buyurtma boshlandi

13-oktabr 2026 10:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor Win 2 uchun oldindan buyurtma boshlandi
Foto: Honor

Honor Xitoyda Honor Win 2 seriyasidagi yangi smartfonlar uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi, deya xabar bermoqda ITHome nashri.

Qurilmalar JD.com platformasida Quick Black, Designated Win va Red & Blue Buff ranglarida taqdim etilgan. Hozircha smartfonlarning rasmiy narxlari e’lon qilinmagan. Oldindan buyurtmalar narx ko‘rsatilmagan holda qabul qilinmoqda.

Besh xil xotira konfiguratsiyasi taklif etiladi

Honor Win 2 seriyasi 12/256 GB, 16/256 GB, 12/512 GB, 16/512 GB va 16 GB/1 TB xotira konfiguratsiyalarida sotuvga chiqariladi.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, seriyadagi modellardan biri taxminan 12 000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanishi mumkin.

RGB yoritish va sovitish ventilyatori mavjud

Foto: Honor

Smartfonlarda Matrix Deco deb nomlangan gorizontal kamera bloki qo‘llanadi. Orqa panelda RGB yoritish ham mavjud.

Shuningdek, qurilmalar ichki faol sovitish ventilyatori bilan jihozlanadi. Bu tizim, ayniqsa, uzoq davom etadigan o‘yinlarda smartfonning qizib ketishini kamaytirishga xizmat qiladi.

Taqdimot 21-oktabrda bo‘lib o‘tadi

Honor Win 2 smartfonlari va Win Pad planshetining rasmiy taqdimoti 21-oktabr kuni Honor Win Gaming Universe Carnival tadbiri doirasida o‘tkaziladi.

Win Pad ixcham, ammo yuqori unumdorlikka yo‘naltirilgan planshet sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor Win 2 smartfoni rasman namoyish qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek