2026-yil fevral oyida Chevrolet AQSh bozorida Chevrolet Tahoe modeliga nisbatan bir qator moliyaviy takliflarni ishga tushirdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda. Asosiy imtiyozlar 2025-yilgi Tahoe versiyalariga taalluqli bo‘lib, 2026-yilgi model uchun hozircha chegirmalar mavjud emas.
Mavjud takliflarga ko‘ra, 2025-yilgi Tahoe Premier va High Country komplektatsiyalari uchun $1 ming miqdorida mijoz chegirmasi berilmoqda. Ushbu aksiya panoramali tom oynasi o‘rnatilgan avtomobillarga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, ombordagi 2025-yilgi Tahoe modellari uchun butun mamlakat bo‘ylab lizing dasturlari ham taklif qilinmoqda. Masalan, Tahoe LT 4WD versiyasini 36 oy muddatga oyiga $879 to‘lov evaziga ijaraga olish mumkin. Yillik yurish limiti 10 ming mil...