Eron davlat televideniyesi Mojtaba Xomanaiyni «Ramazon oyining Jaanbazi [yarador urush faxriysi]» deb atadi. Iran International xabariga ko‘ra, u davom etayotgan urushda yaralangan bo‘lishi mumkin.
Tehron hozircha voqea tafsilotlarini rasman oshkor qilmadi va mamlakat rahbari qayerda va qanday sharoitda yaralanganini izohlamagan. Uning rafiqasi va otasi mojaroning birinchi kuni, 28-fevral kuni Isroilning Tehronga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lgandi.
Ta’kidlanishicha, Mojtaba Xomanaiy ingliz tilini yaxshi biladi, psixologiyani o‘rgangan, siyosat, zamonaviy texnologiyalar, harbiy fanlar va xavfsizlik masalalarini yaxshi tushunadi.
Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni Eronda 88 nafar yuqori martabali shia ulamolaridan iborat kengash marhum Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mojtabani mamlakatning uchinchi oliy rahnamosi etib saylagandi.
AQSh...