Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni litsenziyalash tartibi yangilanishiga oid hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Endilikda investitsiya vositachilari hamda aktivlarni ishonchli boshqaruvchilar uchun ustav kapitali bo‘yicha aniq minimal mezonlar belgilanadi.
Kutilayotgan tartibga ko‘ra, litsenziya olish uchun yuridik shaxs ustav kapitalini pul mablag‘i ko‘rinishida shakllantirishi shart. 2026-yil 1-iyuldan boshlab bu miqdor kamida 3 ming baravar bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. 2027-yil 1-iyuldan esa talab 4 ming BHMgacha oshiriladi. 2028-yildan boshlab esa minimal ustav kapitali 6 ming BHM darajasida belgilanadi.
Shuningdek, agar kompaniya bir nechta litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullansa, ustav kapitali bo‘yicha talablar jamlangan holda qo‘llanadi. Yangi tizim faqat kapital...