Xitoyning Geely kompaniyasi 900 volt kuchlanishga ega yangi Energee Golden Brick batareyasini taqdim etdi. Bu haqda Digitaltrends nashri ma’lum qildi.
Ushbu texnologiya Lynk & Co 10 va 10+ elektromobillarini 10 foizdan 70 foizgacha atigi 4 daqiqa 22 soniyada, 10 foizdan 97 foizgacha esa 8 daqiqa 42 soniyada zaryadlash imkonini beradi.
Taqqoslash uchun, BYD kompaniyasining Blade Battery 2.0 tezkor zaryadlash texnologiyasi shunga o‘xshash natijalarga mos ravishda 5 va 9 daqiqada erishadi. Bu esa Geely taqdim etgan yechim zaryadlash tezligi bo‘yicha ustunlikka ega ekanini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, kompaniyaning zaryadlash infratuzilmasi BYD ga nisbatan kichikroq bo‘lib, 2,1 mingta stansiyani tashkil etadi...