Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi — video
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvini yo‘lga qo‘ydi.
Sotuvda ikki xil dizayndagi esdalik tangalari taqdim etilgan bo‘lib, har biri 31,1 gramm og‘irlikda va Amir Temur siymosini aks ettiradi. Shu bilan birga, har biri 31,1 gramm bo‘lgan 3 talik suvenir to‘plamlari ham xaridorlarga taklif qilingan. Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega.
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalardan kriptovalyutada to‘lov talab qilmoqchi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi neft tankerlaridan kriptovalyuta orqali to‘lov olishni rejalashtirmoqda...