Chevrolet Captiva O‘zbekistonda uncha ommalashmagan, ammo qiziqishga arziydigan model hisoblanadi. Kursiv Uzbekistan ushbu modelning texnik imkoniyatlari va narxini jamlagan maqolasini taqdim etadi.
Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:
Model haqida Texnik imkoniyatlar Qulaylik va ichki qismi NarxlarModel haqida umumiy ma’lumot
Chevrolet Captiva zamonaviy oilaviy krossover sifatida bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Model keng salon, zamonaviy texnologiyalar va qulay boshqaruv bilan ajralib turadi. Avtomobil 5 va 7 o‘rindiqli variantlarda taklif qilinib, kundalik shahar harakati hamda uzoq safarlar uchun moslashgan.
Captiva tashqi ko‘rinishda sodda va funksional dizaynni namoyish etadi. Kuzov...