Navoiy viloyatida 13 mlrd so‘mlik oltin talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lum qildi.
Birinchi holatda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro guruhga boshchilik qilgan. U Karmana tumanida parrandachilik xo‘jaligi binosini ijaraga olib, yashirin sex tashkil etgan. U yerda tarkibida oltin bo‘lgan rudalar qazib olinib, kimyoviy qayta ishlangan.
Tadbir davomida 200 kg yarimtayyor oltin, 200 qop oltinli qum va toshlar, 300 kg kimyoviy moddalar, laboratoriya jihozi, 8 ta gaz ballon va maxsus tegirmon musodara qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat va ekologiyaga yetkazilgan zarar 7 mlrd so‘mdan oshgan.
Mazkur holat bo‘yicha fuqaroга nisbatan Jinoyat...