Nomzodlar turnirining 11-turida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov amerikalik Fabiano Karuana bilan muhim bahsda durang qayd etdi. Natijada u 8,5 ochko bilan musobaqadagi peshqadamligini saqlab qoldi.
Partiya davomida Fabiano Karuana g‘alaba qozonish maqsadida to‘liq hujumkor o‘yin namoyish etdi. Bunga javoban Javohir Sindarov himoyada ishonchli harakat qilib, qarshi hujumlar orqali raqibini durangga rozi bo‘lishga majbur qildi.
Turnir jadvalidagi asosiy ta’qibchi hisoblangan niderlandiyalik Anish Giri ham ushbu turda o‘z partiyasini durang bilan yakunladi. Shunday qilib, 11 ta turdan keyin Sindarov eng yaqin ta’qibchisidan 2 ochkolik farq bilan oldinda bormoqda.
Musobaqa tugashiga yana 3 ta tur qoldi. Nazariy hisob-kitoblarga ko‘ra, Sindarov qolgan 3 ta...