«Andijon»ning qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatidan keyin Samvel Babayan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda mutaxassis matbuot anjumanida ma’lum qildi.
O‘zbekiston Superligasining 7-turida «Andijon» o‘z uyida «OKMK»ni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu mag‘lubiyat «Burgutlar» uchun qatorasiga uchinchi, mavsumdagi beshinchisi bo‘ldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Andijon» bosh murabbiyi Samvel Babayan klubdan ketishini e’lon qildi.
«To‘g‘risi, erkakcha gapiraman. Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman. Klub boshqaruvini boshqasiga beraman. Biz bu o‘yindan avval rahbariyat bilan ochiq va samimiy gaplashdik. Rosti, endi o‘z o‘rnimni boshqa insonga topshiraman», – dedi mutaxassis.
E’tiborlisi, «OKMK» uchun ham ushbu g‘alaba...