Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida tabiiy gaz va neft yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirdi. Bu haqda Rossiya hukumati rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ikki davlat o‘rtasida uglevodorod resurslarini yetkazib berishni davom ettirish va ularning hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu borada aniq miqdorlar ochiqlanmagan.
Tomonlar energetika sohasini strategik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu doirada Rossiya nafaqat xomashyo yetkazib berish, balki O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ham ishtirok etadi. Xususan, yangi konlarda burg‘ulash ishlari, qayta ishlash quvvatlarini yangilash hamda gaz transport tizimini modernizatsiya qilish rejalari mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra...