Toshkent viloyatida joylashgan qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona 2025-yil sentabr oyidan buyon gaz ta’minotidagi uzilishlar sabab faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ya olmayapti. Bu haqda 21-yanvar kuni o‘tkazilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Cherry-Pick Production kompaniyasi vakili Jamshid Yo‘ldoshevning aytishicha, korxona meva-sabzavot mahsulotlari uchun zamonaviy qadoqlash ishlab chiqarish loyihasiga jalb qilingan. Qurilish ishlari yakunlangan, bino va uskunalar tayyor holatda bo‘lsa-da, gaz ta’minotidagi muammolar tufayli ishlab chiqarish boshlanmagan.
Masala muhokamasi davomida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadinovga vaziyatni zudlik bilan o‘rganish va korxonaga amaliy yordam ko‘rsatishni topshirdi. U qadoqlash ishlab chiqaruvchilariga gaz berishga rasmiy taqiq yo‘qligini ta’kidlab, masalaga yuzaki...