17-mart kuni O‘zbekiston hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi yoki yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
17-mart kuni O‘zbekiston hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi yoki yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Ko‘plab haydovchilar yangi shinalar qimmat bo‘lgani sababli avtomobili uchun ishlatilgan shinalar sotib olishni tanlaydi. Bunday takliflarni internet e’lonlarida ko‘p uchratish mumkin. Biroq bunday xarid qilishdan oldin xavfsizlik masalasini ham jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak.
Kursiv Uzbekistan avtomobilingiz uchun foydalanilgan shina olishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini keltirib o‘tadi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ishlatilgan shina sotib olish mumkin, ammo bunda juda ehtiyotkor bo‘lish zarur. Eng muhim narsa – arzon narx emas, balki avtomobil va yo‘lovchilar xavfsizligi.
Shina sotib olayotganda uning ishlab chiqarilgan yiliga, albatta, e’tibor berish kerak.
Odatda 5 yildan eski shinalarni olish tavsiya etilmaydi. Vaqt o‘tishi...
Chevrolet Traverse krossoveri uchun 2026-yil mart oyida yangi moliyaviy va lizing aksiyalari e’lon qilindi. Takliflar AQSh bo‘ylab amal qiladi va oy oxirigacha — 31-martgacha davom etadi, deya yozmoqda GMAuthority nashri.
Xaridorlar avtomobilni GM Financial orqali kreditga olgan taqdirda $500 miqdorida chegirma taqdim etiladi.
2026-yilgi Chevrolet Traverse LT FWD modeli uchun bir nechta lizing variantlari mavjud:
Oyiga $499, 24 oy muddatga: yiliga 10 ming mil yurish limiti, shartnoma imzolanganda taxminan $5 249 to‘lov. Oyiga $489, 24 oy muddatga: GM xodimlari va ularning oila a’zolari uchun maxsus taklif, boshlang‘ich to‘lov taxminan $3 859. Oyiga $489, 36 oy muddatga...HeadHunter platformasi 2026-yilning yanvar va fevral oylarida saytga joylashtirilgan vakansiya va anketalarga asoslanib, ish beruvchilarning eng ko‘p qidirayotgan mutaxassisliklarini aniqladi. Bu haqda platforma matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Yanvar oyida eng ko‘p e’lon qilingan vakansiyalar «Savdo bo‘yicha menejer, mijozlar bilan ishlash menejeri» mutaxassisligida bo‘lib, ulushi 12,1 foizni, o‘rtacha maosh esa 10,5 mln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 6,3% «Sotuvchi-konsultant, kassir» (6,6 mln so‘m) va 5,3% «Call-markaz operatori, kontakt markazi mutaxassisi» (7 mln so‘m) vakansiyalari joylashtirilgan. Top – 10 mutaxassisliklar qatorida buxgalter, o‘qituvchi, administrator, savdo vakili, SMM-menejer, tibbiy vakil va marketing menejeri ham kirgan. Oyning eng yuqori o‘rtacha maoshi tibbiyot vakillarda...
Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan yangi muqobil pullik avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Toshkent — Andijon yo‘nalishini bog‘laydigan ushbu loyiha qiymati $3,66 milliard deb baholanmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi «Avtoyo‘linvest» agentligi direktor o‘rinbosari Asliddin Isayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, avtomagistralning birinchi bosqichida Toshkent — Angren — Qamchiq yo‘li yo‘nalishida 171 kilometrli yangi trassa barpo etiladi.
Mazkur yo‘lning 33 kilometri tunnel shaklida qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu tunnel Markaziy Osiyodagi eng yirik tunnellardan biri bo‘lishi mumkin. To‘rt polosali avtomagistral 120 – 150 km/soat tezlikda harakatlanishga mo‘ljallab loyihalashtirilmoqda.
Yangi yo‘l ishga tushirilgach poytaxt bilan Farg‘ona...
«Anorbank» kuzatuv kengashi bankning 50 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.
Rejaga ko‘ra, bank umumiy qiymati 50 milliard so‘m bo‘lgan obligatsiyalarni muomalaga chiqaradi. Ularning umumiy soni 500 ming dona bo‘lib, har bir obligatsiyaning nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etadi.
Obligatsiyalar bo‘yicha yillik 22 foiz kupon daromadi belgilangan. Investorlar uchun foiz to‘lovlari har 90 kunda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarning muomala muddati esa 1080 kun deb belgilangan.
Obligatsiyalar ochiq obuna shaklida joylashtiriladi. Emissiya jarayonining anderrayteri sifatida Leader Finance Capital kompaniyasi ishtirok etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Contact Finance korporativ obligatsiyalar...
Internetda Samsung Galaxy A57 va A37 smartfonlari rasmiy taqdimotdan oldin jonli videolarda paydo bo‘ldi. Videoni TikTok’da may_3110 nomli foydalanuvchi qurilmalarning dizayni va ayrim texnik tafsilotlarini ko‘rsatdi.
Videolarga ko‘ra, har ikki smartfon ham uchta kamerali modulga ega bo‘lgan tanish dizaynni saqlab qolgan. Korpusida metall va shisha materiallar ishlatilgani ko‘rinadi. Shuningdek, qurilmalar One UI 8.5 interfeysi bilan ishlashi, u esa Android 16 operatsion tizimi asosida ishlashi ma’lum bo‘lgan.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A57 Tailandda ikki xil xotira variantida sotuvga chiqadi. 12/256 GB versiyasi taxminan 17 999 bat (qariyb $555), 12/512 GB modeli esa 20 999 bat (taxminan $645) atrofida bo‘lishi...
Apple kompaniyasi AirPods Max 2 ikkinchi avlod to‘liq o‘lchamdagi quloqchinlarini rasmiy ravishda taqdim etdi. Bu haqda Notebookcheck nashri ma’lum qildi.
Yangi modelning dizayni birinchi avlodga o‘xshash bo‘lib, katta alyuminiy quloq yostiqlari va 386 gramm vaznni muvozanatlash uchun tarmoq shaklidagi bosh tasmasi saqlangan. Oldindan buyurtmalar Apple’ning rasmiy onlayn do‘konida 25-martdan boshlanadi. Birinchi yetkazib berishlar esa aprel boshida «start» olishi kutilmoqda. Tavsiya etilgan chakana narx $550 ni tashkil qiladi. Quloqchinlar beshta yangi rangda – ko‘k, binafsha, bej, to‘q sariq va qora mavjud.
Asosiy yangiliklar qurilmaning ichki tizimlarida. Yangi H2 protsessori tufayli faol shovqinni bostirish (ANC) samaradorligi 50% ga oshgan. Chip...
Andijon viloyatida bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan besh nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Izboskan tumanida 1991-yilda tug‘ilgan ayol Andijon shahrida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolni o‘z turmush o‘rtog‘i bilan yaqin munosabatda bo‘lganlikda gumon qilgan va undan qasos olishni rejalashtirgan.
2025-yil 23-dekabr kuni u tanish ayollar yordamida jabrlanuvchini davolanayotgan shifoxonaga olib kelgan. U yerda ayolga nisbatan haqoratli harakatlar sodir etilib, jarayon videoga ham olingan.
Shundan so‘ng gumonlanuvchi ayol yana ikki nafar erkak tanishini chaqirib, jabrlanuvchini avtomobilga majburan o‘tkazgan holda Andijon tumanidagi Jevachi mahallasi hududining ovloq joyiga...
Jizzax viloyatida mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax viloyati boshqarmasi Paxtakor tuman bo‘limi katta tezkor vakili shaxsiy manfaat yo‘lida 1989-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan tanishi bilan til biriktirgan. Ular texnika ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi MChJ ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan 20 dona interaktiv doska yetkazib berish bo‘yicha elektron do‘kon orqali tuziladigan shartnomada g‘oliblikni ta’minlab berishni va’da qilgan.
Buning evaziga ular MChJ vakilidan 85 mln so‘m talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, departament xodimi xizmat mavqeyidan foydalanib, asl narxi...
Xitoyda xotira va yarimo‘tkazgichlar narxi oshgani fonida Oppo, OnePlus va Vivo smartfonlari ham qimmatlashmoqda. Bu haqda Notebookcheck nashri ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy bozorida Oppo va uning subbrendi OnePlus’ning ayrim modellari narxini oshirganini e’lon qilgan. Shuningdek, Vivo va iQOO ham shunga o‘xshash choralarni ko‘rishga tayyorlanayotgani avvalroq xabar qilingan.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Oppo K13 Turbo va K13 Turbo Pro modellari narxi birdaniga $72 ga oshgan. Oppo K13x narxi $58 ko‘tarilgan, K13s va K12s modellari esa $29 ga qimmatlashgan.
OnePlus smartfonlarida ham sezilarli narx o‘sishi kuzatilgan. Xususan, OnePlus 15 va Ace 6 modellari $72 ga oshib, ularning boshlang‘ich narxi...
O‘zbekiston Respublikasi bojxona nazorati jarayonlarini rasmiylashtirish uchun yangi hujjat shakllari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik «Bojxona ishida qo‘llaniladigan ayrim hujjatlar va hisob-kitob shakllarini tasdiqlashga oid» qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, mahsulotlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, omborga tushirish hamda bojxona nazorati va tovarlar harakatini hisobga olish jarayonlarini aniq va shaffof hujjatlashtirish maqsadida yangi bojxona hujjat shakllari joriy etildi.
Tasdiqlangan hujjatlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Tovar va transport vositalarini tekshirish natijalarini rasmiylashtirish uchun bojxona ko‘rigi dalolatnomasi; Jismoniy shaxslarning qo‘l yuklari va bagajlarini tekshirish bo‘yicha alohida bojxona ko‘rigi dalolatnomasi; Deklarant tomonidan tovarlarni bojxona...Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi IIHF jahon chempionatining III A divizionida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Terma jamoa forvardi Timur Tillaxodjayev musobaqa davomida 9 ta gol urib, jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi. Sportchi Kursiv Uzbekistan jurnalistiga bergan intervyusida musobaqadagi ishtiroki va taassurotlari haqida soʻzlab berdi.
— Final hushtagidan soʻng nimani his qildingiz va turnir oldidan jamoa divizionda gʻalaba qozonishini kutganmidingiz?
— Uchrashuv tugagandan soʻng aql bovar qilmaydigan hissiyotlar boʻldi. Biz katta ish qilganimizni va murakkab yoʻlni bosib oʻtganimizni angladik. Turnir oldidan jamoa ichida oʻz kuchimizga ishonch bor edi, chunki biz yaxshi tayyorgarlik koʻrgan edik va yuqori natijaga erisha olishimizga ishondik.
...
Ayni paytda «Tashabbusli budjet» jarayonining joriy yilgi birinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi fuqarolarni ovoz berishda erkinlikni ta’minlash zarurligini eslatdi.
Ma’lum qilinishicha, tashabbusli budjetlashtirish jarayonida budjet tashkilotlari rahbarlariga xodimlardan majburiy tarzda ovoz yig‘ishni talab qilish taqiqlangan.
Qonunchilikka ko‘ra, xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadi. Shunday holatlar aniqlansa, majburiy tarzda ovoz yig‘ilgan loyihalar ovoz berish bosqichidan chiqarib tashlanadi.
Agar fuqarolar yoki xodimlar ovoz yig‘ishga majburlash holatlariga duch kelsa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1176 qisqa ishonch raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy Telegram botlari...
Eron hukumati mamlakatda dushmanlarga ma’lumot yetkazganlikda ayblanayotgan 500 kishini hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Islom Respublikasi politsiyasi boshlig‘i Ahmadrizo Radanning aytishicha, hibsga olingan 500 kishining yarmi jiddiy jinoyatlar sodir etgan yoki hujum qilinishi rejalashtirilgan joylar haqida ma’lumot bergan, zarba joylarini suratga olib jo‘natgan. Hibsga olish jarayoni qachon bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.
Avvalroq, Eron ommaviy axborot vositalari bir nechta hududlarda o‘nlab hibsga olishlar bo‘lganini xabar qilgan. Shimoli-g‘arbiy Eron hududida 20 kishi Eronning harbiy va xavfsizlik obyektlari joylashuvi haqida Isroilga ma’lumot yuborganlikda ayblanib hibsga olingan. Shimoli-sharqiy Eronda esa 10 kishi nozik obyektlar va iqtisodiy infratuzilma bo‘yicha ma’lumot...
O‘zbekistonda 1-sentabrdan loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiquvchi loyiha institutlari va tashkilotlari uchun maxsus reyting tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Yangi tizimga muvofiq, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish jarayonida bir qator yangiliklar tatbiq etiladi. Jumladan, yirik va mega loyihalar hamda ilgari ijobiy xulosa olgan loyihalarga o‘xshash loyihalar uchun hujjatlarning tayyor bo‘lgan bo‘limlarini parallel tarzda ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, agar taqdim etilgan loyiha ilgari Markaz tomonidan ko‘rib chiqilgan loyihaga o‘xshash bo‘lsa, Markaz taklifiga binoan loyihaoldi hujjatlari tezlashtirilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi.
Reyting ularning faoliyati davomida ishlab...
«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 6-martdan 13-martgacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 5,5 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «Ipoteka-bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 8,65 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qizilqumsement» (+7,58%) va «O‘zsanoatqurilishbank» (+6,33) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «O‘zRTXB» aksiyalari 9,07 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari (-8,16%) va «O‘zbekneftgaz» (-7,69%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «O‘zbektelekom»ning ham oddiy, ham imtiyozli aksiyalari narxida (chunki ular boʻyicha savdolar toʻxtatilgan), shuningdek, «Aloqabank» aksiyalarida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha O‘zRTXB...
Navroʻz bayrami munosabati bilan qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdlari harakatga qo‘yiladi. Bu haqda «Temiryo‘lekspress» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
20, 21 va 22-mart kunlari Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi. Samarqand vokzalidan soat 10:55 da (№775 Afrosiyob poyezdi), Toshkent markaziy vokzalidan esa soat 13:56 da (№776 Afrosiyob poyezdi) yo‘lga chiqadi.
Chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi yoki temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin. Yo‘lovchilarga safarni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navro‘z munosabati bilan muzey va mehmonxonalarga chegirmalar e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni yaratish, joriy etish va foydalanish bo‘yicha yangi etika qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur hujjat bilan sun’iy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda bir qator etika tamoyillari belgilandi. Ularga ko‘ra, SI qonuniy bo‘lishi, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilish ustuvorligi, tushunarli va ochiq bo‘lish, mas’uliyat, javobgarlik hamda nazorat, adolatli bo‘lish va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar himoyasi hamda ishonchlilik va xavfsizlik kabi prinsiplarga rioya qilishi lozim.
Shuningdek, inson huquq va erkinliklariga aloqador, shuningdek, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi muhim qarorlar qabul qilinishida faqat sun’iy intellekt tizimlarining xulosalariga tayanmaslik talabi belgilandi...
Mart oyining ikkinchi yarmida respublika aholisi 50 kub metr tabiiy gaz uchun 1 ming so‘mdan to‘lov amalga oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Mart oyining boshida havo haroratining keskin soviganini inobatga olib, isitish mavsumida tabiiy gaz uchun belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgan edi. «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 16 – 20-mart kunlari respublika hududlarida o‘rtacha havo harorati kunduzi +22°С, kechasi esa +10°С bo‘lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan 16-martdan boshlab 1-noyabrgacha har oy uchun 100 kub metrgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 1-oktabrgacha «bazaviy me’yor» amal qiladi. Mart oyida esa bir oylik 500 kub metr...
Jahon bozorida volfram metalli taqchilligi yuzaga kelib, uning narxi o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha oltinni ortda qoldirdi. Xitoy tomonidan eksportning qisqartirilishi hamda Erondagi urush fonida talabning keskin ortishi bunga asosiy sabab bo‘ldi.
2025-yil fevral oyidan boshlab o‘ta zich va qiyin eriydigan volfram metalli qiymati 557 foizga oshgan. Bunga asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘lgan Xitoy ushbu mahsulotni eksport nazorati ro‘yxatiga kiritishi va natijada yetkazib berish hajmining qariyb 40 foizga qisqarishi sabab bo‘ldi.
An’anaviy ravishda volfram metallsozlik, qurilish va aerokosmik sanoatda ishlatiladi. Biroq mudofaa xarajatlarining keskin oshishi bozordagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ta’minot xavfini kamaytirish maqsadida Avstriyaning Plansee Group tarkibidagi Ceratizit hamda Shvetsiyaning Sandvik guruhlari...
17-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
10-mart kuni dollar 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mni tashkil qildi. Shundan keyin dollarda ketma-ket tushish qayd etildi. Xususan, 11-mart kuni 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni, 12-mart kuni 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni, 13-martda 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni qayd etdi. 16-mart kuniga kelib yana 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 7,36 so‘mga oshib, 13 844,45 so‘mni, rubl 1,28 so‘mga tushib...
«Yuksalish» harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik qo‘mitasi raisi Bobur Bekmurodov so‘nggi kunlarda Toshkent shahrida tadbirkorlarni o‘zlariga tegishli reklama va peshlavhalarni majburiy demontaj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Uning fikricha, poytaxtning estetik qiyofasini zamonaviylashtirish muhim bo‘lsa-da, bu jarayon qonun ustuvorligi asosida olib borilishi zarur. Xususan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori rasman e’lon qilingandan uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan, majburiy demontaj ishlari esa ushbu qaror qabul qilinmasdan avval boshlangan.
Shu bilan birga, qonun hujjatlarining orqaga qaytish kuchiga ega emasligi qayd etilib, ilgari o‘rnatilgan va o‘sha davr talablariga mos kelgan peshlavhalarning daxlsizligi huquqiy jihatdan...
2026-yilda yangi patentlar bo‘yicha aniq reja ishlab chiqiladi. Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tashkil etilgan Raqamlashtirilgan boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur markaz kombinatdagi 1, 2 va 3-mis boyitish fabrikalarida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish va nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bu yerda zamonaviy raqamli tizimlar orqali maydalash, flotatsiya, filtrlash, suv ta’minoti va transport jarayonlari real vaqt rejimida kuzatiladi.
Markazda «Siemens PCS 7» va «AVEVA PI Vision» platformalari qo‘llaniladi. Yigirma mingdan ortiq uskunalar yagona axborot tizimiga ulangan. «Aqlli» kameralar va sun’iy intellekt yordamida jarayonlar nazorat qilinadi va muammolar avtomatik aniqlanadi.
Prezident sun’iy intellekt texnologiyalari tog‘-kon va metallurgiya sohalarida samaradorlikni oshirish...