O‘zbekistonda 2026-yil 1-sentabrdan elektromobillarni sotib olish uchun 16 foizgacha stavkada bank avtokreditlari beriladi. Bu haqda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va «O‘zbekiston – 2030 strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmonida keltirilgan.
Ushbu avtokreditlar birinchi bosqichda aholiga 15 mingta elektromobil uchun taqdim qilinadi.
Farmonning ekologik muvozanatni ta’minlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor islohotlar dasturida atmosfera havosini zararlantirmaydigan va ekologik toza avtomobillarni sotib olish uchun aholiga qulay sharoitlarni yaratish belgilangan.
Sentabrdan e’tiboran beriladigan avtokredit foizlarining oshgan qismini tijorat banklariga Davlat budjeti hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi. Elektromobillarni...