«Super Mario: Galaktika kinosi» animatsion filmi Shimoliy Amerika kinoteatrlarida o‘zining ikkinchi dam olish kunlarida $69 mln ishlab topib, yetakchilikni saqlab qoldi. 12 kunlik namoyishdan so‘ng u yilning eng ko‘p daromad keltirgan filmi maqomiga chiqdi.
«Super Mario: Galaktika kinosi» filmining tushumi o‘tgan haftaga nisbatan 48 foizga pasaygan bo‘lsa-da, loyiha uchun bu barqaror ko‘rsatkich hisoblanadi. Film AQShda jami $308 mln to‘pladi.
Dam olish kunlari premyerasi bo‘lib o‘tgan «Sen, Men va Toskana» (You, Me and Tuscany) romantik komediyasi $8 mln bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. $18 mln budjetga ega bo‘lgan ushbu kartina tomoshabinlarining 80 foizini ayollar tashkil qildi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Rayan Gosling