21-mart Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda aholi va sayyohlar uchun turli chegirmalar joriy etildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bayram kunlari davomida «Vaqf» xayriya jamoat fondiga qarashli ziyoratgohlarda kirish chiptalariga 10 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida ham chegirmalar e’lon qilinishi hamda ular bayram kunlari ochiq bo‘lishi tavsiya etilgan.
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar esa mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqa joylashtirish xizmatlarida ixtiyoriy ravishda 20 foizgacha bayram chegirmalarini taklif qilmoqda. Ro‘yxat bilan ushbu portal.gov.uz havola orqali tanishishingiz mumkin.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat teatrlarida...