Qozog‘istonda Chery Tiggo 9 krossoveri Rossiyadagiga nisbatan taxminan 37% arzon narxda sotilmoqda. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.
Xususan, ushbu model mamlakatda 16 mln tenge yoki taxminan $30 ming atrofida baholanmoqda. Bu 2025-yilgi avtomobillar uchun bo‘lib, chegirmalarsiz narx hisoblanadi.
Mazkur krossover bazaviy Ultra komplektatsiyasida to‘liq privod, 2,0 litrli 245 ot kuchiga ega turbomotor hamda 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Rossiyada esa shu avtomobil Prime komplektatsiyasida taxminan $47 ming narxda taklif etilmoqda. Har ikkala versiya nomi turlicha bo‘lsa-da, jihozlanishi deyarli bir xil.
Shu tariqa ikki davlat o‘rtasidagi narx farqi qariyb $17 ming yoki 37% ni tashkil qiladi.