AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh harbiy havo kuchlari Eron hududidagi uchta yadro obyektiga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi. Uning bayonotiga ko‘ra, Fordo, Netenz va Isfahon shaharlaridagi ob’ektlar to‘liq yo‘q qilingan.
Trampning bayonotida qayd etilishicha, asosiy nishon bo‘lgan Fordo ob’ekti ustiga AQSh harbiy samolyotlari to‘liq bomba yukini tashlagan.
«Biz Eronning Fordo, Netenz va Isfahondagi uchta yadro obyektiga muvaffaqiyatli hujumni yakunladik. Barcha samolyotlar hozirda Eron havo hududidan tashqarida», – deb yozdi Tramp.
U samolyotlar xavfsiz ravishda uyga qaytayotganini ham ma’lum qilib, AQSh qurolli kuchlarini «buyuk amerikalik jangchilar» deya ta’rifladi.
Tramp bu harbiy operatsiyani «tom...