Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga berilgan qimmatbaho sovg‘alar kimoshdi savdosiga qo‘yiladi va tushgan mablag‘ xayriya tashkilotlariga yuboriladi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Meloni chet elga sayohatlari davomida dunyo yetakchilari tomonidan unga berilgan 270 ta sovg‘ani, jumladan, Argentina prezidenti Xaver Mileyning arra ushlagan haykalchasini yoki oltin poshnali ko‘k piton terisidan tikilgan tuflilarni xayriya auksionida sotadigan bo‘ldi.
Auksion uyidagi vakilning aytishicha, umumiy qiymati taxminan 800 000 yevro (700 000 funt sterling) bo‘lgan sovg‘alar Rimda joylashgan Bertolami Fine Art tomonidan eng yuqori narx taklif qilgan shaxsga sotuvga qo‘yiladi. Sana hali belgilanmagan, garchi kimoshdi savdosini Yangi yil bayramidan oldin o‘tkazish niyatida bo‘lsa-da, tushgan...